Eron qutqaruvchilari Isfahon viloyatida qulagan ATR 72-500 samolyoti qoldiqlari joylashgan yerga yetib bordi va tanalar qoldiqlarini topa boshladi. Bu haqda Erondagi Qizil Yarim oy Qutqarish va yordam tashkiloti rahbari Murtazo Salimiy bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Uning aytishicha, ayni paytda Qizil Yarim oy va armiya guruhlari voqea joyida tanalarni o‘rganmoqda.
Shu paytga qadar ob-havo sharoitining yomonligi tufayli halokat yeriga borish imkonsizligicha qolayotgandi.
Salimiy qutqaruvchilar topilgan tanalarni tog‘dan pastga olib tushishga urinishini, ammo kuchli shamol bunga xalaqit berishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Aseman Airlines aviakompaniyasining ATR 72-500 samolyoti Isfahon viloyati hududidagi tog‘da qulagan edi. Buning oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 60 yo‘lovchi, shu jumladan, bir bola, shuningdek, olti nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)