dVelosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Murod Xolmurodov Malayziya mezbonligida o‘tgan Osiyo Chempionatini 3-o‘rinda yakunladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: MOQ

16—20-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan qit’a chempionatida Murod Xolmurodov qozog‘istonlik Jahon Kubogi g‘olibi Nikita Panassenkoni ortda qoldirishga erishdi. Bundan tashqari amaldagi Osiyo Chempioni — yaponiyalik Shunchuke Imamura ham o‘zbekistonlik raqibidan o‘zib keta olmagan.

Oltin medal BAA velosportchisi Mirza Al-Hammadiyga nasib qildi. Gonkong sportchisi Chung King Lok esa kumush medalni o‘ziniki qilib oldi. Mazkur ikki sportchi bunga qadar Myanmada bo‘lib o‘tgan Asian Road & Para Cycling Championships musobaqasida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Malayziyadagi Osiyo Chempionatida erkak velosportchilardan tashqari, ayollar va yoshlar musobaqalari ham o‘tkazilgan. Yoshlar musobaqasida o‘zbekistonlik Danil Yevdokimov muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalni o‘ziniki qilib oldi.

Foto: MOQ