“Liverpul”dagi debyut mavsumidayoq 32 ta gol urishga erishgan Muhammad Saloh haqida butun ingliz matbuoti bong urayotgani sir emas. U bir yilning o‘zida “Liverpul” afsonalari qatoriga qo‘shilib olishni uddaladi.

Foto: Google Images

The Washington Post nashri “Liverpul” muxlislarining Salohga bo‘lgan muhabbatlari borasida maqola chop etdi. Bunga sabab o‘zining ratsistik ko‘rinishidagi chiqishlari borasida yetakchi bo‘lgan angliyalik muxlislarning islom dinini ulug‘lab qo‘shiq kuylaganidir. Maqolada Saloh ularni shunga majbur qila olgani borasida gap boradi.

Zo‘r o‘yinchilar har qanday to‘siqlarni buzib tashlaydi. Biz qaysidir yaxshi futbolchiga tegishli bo‘lgan hislatlarni keyinchalik uning muxlislari ham o‘zlashtirgan juda ko‘p holatlarni ko‘rganmiz.

Piara, Povar, FARE rahbari

Bungacha “Liverpul” muxlislari Muhammad Salohni “Mirslik Qirol” deya ulug‘lashdi. Uni fir’avn bilan tenglashtirishdi. “Biz bu yigitni Rimdan olib keldik va u har o‘yinda gol ura boshladi”, deb qo‘shiqlar kuylandi. Ko‘p o‘tmay “U misrlik, u juda ajoyib va uning ismi Muhammad”, degan xayqiriqlar stadionlarni egallab oldi. Bu safargi chiqish esa butkul o‘zchaga bo‘ldi:

“Agar senga zo‘r bo‘lsa,

Biz uchun ham zo‘r!

Yana bir necha gol ursa,

Musulmonmiz, ko‘r.

Sen uchun bir bo‘lsa,

Biz uchun ham bir.

Masjidda hozir bo‘lsa,

Hammamiz hozir”.

“Liverpul” Salohni 48 million yevro evaziga qo‘lga kiritgandi. U turli musobaqalarda “mersisayd” klubi uchun 38 ta o‘yin o‘tkazdi va 32 ta gol urib ulgurdi. Ayni paytda jamoaning haqiqiy yetakchisiga aylanib ulgurdi.

The Washington Post nashrining qayd etishicha, o‘tgan mavsum futbol uchrashuvlari bilan bog‘liq 539 ta ratsistik chiqishlar kuzatilgan bo‘lsa, shularning 59 tasi britaniyalik futbol fanatlarining chekiga to‘g‘ri kelgandi. Bu esa eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda esa “Liverpul” muxlislari musulmon futbolchini ko‘kka ko‘tarib, uni olqishlashmoqda.

Foto: Google Images