19-fevral kuni “VKontakte” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda Gollivud aktyori Silvester Stallonening vafot etgani haqida yolg‘on xabarlar tarqaldi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: PopCornNews

Asossiz xabarlarda aktyorning prostata bezi saratonidan vafot etgani aytilgan. Ushbu ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Internet foydalanuvchilari sevimli aktyorining o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanligini yozib qoldirgan.

Silvestr Stallone ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muxlislariga murojaat qilib, bu ma’lumot yolg‘on ekanligi, ayni damda tirik va sog‘lom ekanligini ma’lum qilgan.

https://www.instagram.com/p/BfYrkJwDINl/?hl=en&taken-by=officialslystallone

Silvestr Stallone 71 yoshda. U faoliyati davomida 50 dan ortiq filmlarda rollar ijro etgan. Stallonega “Rokki” filmidagi obrazi mashhurlik olib kelgan.