Eron poytaxti Tehronda bo‘lib o‘tayotgan namoyish chog‘ida avtobus bir guruh politsiyachilarga kelib urildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea 20-fevral kuni ro‘y bergan. Politsiya idorasi oldidagi maydonda so‘fiylar jamoasi hibsdagi jamoa vakilini ozod qilish talabi bilan norozilik aksiyasi uyushtirayotgan edi. Kutilmaganda avtobus tartib-intizom saqlab turgan politsiyachilar ustiga bosib kelgan.
Hujum oqibatida uch politsiyachi halok bo‘ldi, yetti nafari yaralandi.
Hujumni uyushtirgan haydovchi ushlandi. Politsiya hududni nazorat ostiga olib, tergov ishlarini boshlab yubordi.
Izoh (0)