Tojikistonning “Tojiktelekom” davlat internet-provayderi boshqa xususiy provayderlar va uyali aloqa kompaniyalariga internet-trafik sotuvchi yagona kompaniyaga aylanadi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Oldin provayderlarning o‘zlari trafikni qayerdan sotvolishni hal qilishi mumkin edi. Odatda ular Qirg‘iziston, O‘zbekiston yoki Xitoydan trafik sotib olardi. Endi xususiy kompaniyalarga bunday qilish taqiqlandi.
Davlat internet-provayderi rahbariyati hech qanday qonunchilik buzilmagan deb hisoblamoqda. Bundan buyon hukumatning “Yagona kommutatsion aloqa markazini yaratish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq barcha trafik bir yerdan uzatilishi talab etiladi.
Izoh (0)