Italiya huquqni muhofaza qilish organlari janubiy Kalabriya viloyatida amal qiluvchi “Ndrangeta” mafiya guruhiga qarshi yirik operatsiya o‘tkazdi. 27 kishi qo‘lga olindi, 100 million yevrodan ortiq summaga teng mol-mulk xatlandi. Bu haqda 19-fevral, dushanba kuni Rai News 24 telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Operatsiya 19-fevral kuni erta tongda karabinerlar va moliyaviy politsiya xodimlari tomonidan Italiyaning bir nechta viloyatlarida o‘tkazilgan.
Qo‘lga olinganlar mafiya faoliyatiga aloqadorlik, firibgarlik, pullarni yuvish, aktiv va mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirish, noqonuniy moliyaviy faoliyat yuritish va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.
Huquq-tartibot organlari 100 million yevrodan ortiq summaga teng mol-mulk, ko‘chmas mulk va bank hisoblarini xatlagan.
Izoh (0)