Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) yangi astronomik observatoriya AstroSat-2 ni ishlab chiqish va uni Yer orbitasiga yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 19-fevral, dushanba kuni The Times of India gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP Photo

Bu avtomatik kosmik stansiya yaqin va uzoq kosmosdagi obyektlarni ko‘p to‘lqinli o‘rganish uchun mo‘ljallanadi.

ISRO Hindistonning barcha ilmiy markazlariga bo‘lajak stansiyada o‘rnatiladigan astronomik va astrofizik qurilmalarni yaratish jarayonida ishtirok etish taklifi bilan murojaat qildi.

AstroSat-2 observatoriyasi 2015-yilning sentabrida orbitaga uchirilgan AstroSat-1 loyihasining davomi bo‘lishi lozim.