Afg‘oniston sharqida kamida 12 nafar tinch aholi ko‘milgan joy topildi. Bu haqda 19-fevral kuni Tolo News telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Respublika sharqidagi Nangarxar viloyati Kot tumani mahalliy aholisi qiynab, otib o‘ldirilgan odamlar ko‘milgan chuqur xandaqni topgan. Halok bo‘lganlar IShID terrorchilik guruhi jangarilarining jazolashi qurboni bo‘lishi mumkinligi xabar qilinmoqda.
Yaqin vaqt ichida halok bo‘lganlarni dafn etish marosimi o‘tkaziladi. Mahalliy hokimiyat hozircha vaziyatni sharhlashdan bosh tortgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)