O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati 10-fevral kuni soat 12:30 atrofida Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi temiryo‘l kesishmalaridan birida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar tarqatgan edi.

VAZ-2107 (“Jiguli”) avtomashinasi “Yangiyer-Chimqo‘rg‘on” 4R-32 yo‘lining 3164-piket qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtida 3601-sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketgan. Natijada haydovchi voqea joyida vafot etgan, uning yo‘lovchisi esa kasalxonaga yotqizilgan.

17-fevral kuni “Kun.uz” nashri Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, voqea videosini e’lon qildi.