Polshada 23-yanvar kuni sigir kushxonaga yubormoqchi bo‘lgan egasidan qochib ketdi. Uy hayvoni metall to‘siqni buzib, yaqin joylashgan ko‘lga qochib ketdi, deb yozadi TJournal.
Sigirning egasi Lukas, uni fermaga qaytarishga uringanda, u egasining qo‘li va qovurg‘asini sindirdi. Shundan so‘ng sigir suvga sho‘ng‘ib, ko‘l o‘rtasidagi orolga suzib o‘tdi. Lukas bir hafta davomida sigirini qaytarishga urindi, keyin taslim bo‘ldi.
Sigirni qutqaruvchilar ham olib ketishga urindi, biroq u qutqaruvchilarni payqashi bilan boshqa orolga suzib o‘tdi. Lukas sigirni uxlatib qo‘yishni so‘rab murojaat qilgan veterinar uning trankvilizatorlari tugab qolganligi va ularni kamida ikki hafta kutish kerakligini ma’lum qildi.
Izoh (0)