Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Timur Kapadze Senegal va Marokashga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari oldidan kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Undan 30 nafar futbolchi joy oldi.

Foto: O‘FF

Umid Ahmadjonov: Timur Kapadze futbolni endigina tugatdi. Ayni vaqtda u futbolchilarni hammadan yaxshiroq tushunadi

Kasablanka shahrida bo‘lib o‘tadigan bellashuvlar FIFA kunlariga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib chiqib, Kapadze legioner futbolchilarni ham o‘z tarkibiga kiritgan. Ahamiyatli tomoni, Kapadze terma yetakchilaridan biri bo‘lgan Server Jeparovni ro‘yxatdan tushirib qoldirgan.

Server Jeparov: Timur Kapadzeni yaxshi bilaman. U o‘ziga topshirilgan ishni uddalay oladi

Darvozabonlar

  • Ignatiy Nesterov — “Lokomotiv”
  • Eldor Suyunov — “Paxtakor”
  • Botirali Ergashev — “Paxtakor”
  • Javohir Ilyosov — “Mash’al”

Himoyachilar

  • Vitaliy Denisov — “Lokomotiv” (Rossiya)
  • Anzur Ismoilov — “Chanchun Yatay” (Xitoy)
  • Islom To‘xtaxo‘jayev — “Lokomotiv”
  • Shuhrat Muhammadiyev — “Lokomotiv”
  • Oleg Zoteyev — “Lokomotiv”
  • Umar Eshmurodov — “Nasaf”
  • Farrux Sayfiyev — “Paxtakor”
  • Sherzod A’zamov — “Paxtakor”
  • Akmal Shorahmedov — “Paxtakor”
  • Akrom Komilov — “Bunyodkor”
  • Rustam Ashurmatov — “Bunyodkor”
  • Doston Tursunov — “Neftchi”

Yarim himoyachilar

  • Eldor Shomurodov — “Rostov” (Rossiya)
  • Fozil Musayev — “Jubilo Ivata” (Yaponiya)
  • Odil Ahmedov — “Shanxay SIPG” (Xitoy)
  • Otabek Shukurov — “Sharja” (BAA)
  • Ikrom Aliboyev — “Lokomotiv”
  • Sardor Rashidov — “Lokomotiv”
  • Sardor Mirzayev — “Lokomotiv”
  • Odil Hamrobekov — “Nasaf”
  • Jaloliddin Masharipov — “Paxtakor”
  • Jasur Yaxshiboyev — “Paxtakor”
  • Doston Hamdamov — “Bunyodkor”
  • Javohir Siddiqov — “Qo‘qon-1912”

Hujumchilar

  • Temurxo‘ja Abduholiqov — “As-Sayliya” (Qatar)
  • Marat Bikmayev — “Lokomotiv”

Kengaytirilgan tarkib vaqt o‘tib, asosiy ko‘rinishga keladi va jamoa 19-mart kuni Toshkentda yig‘ilib, 20-mart kuni Istanbul orqali Marokashga yo‘l oladi. Senegalga qarshi o‘yin 23-mart kuni, Marokashga qarshi bellashuv 27-mart kuni bo‘lib o‘tadi.