Andijon shahrida yo‘l-transport hodisasidan so‘ng, o‘zaro to‘qnashgan ikki avtomobil yonib ketdi. Hodisa videosi Telegram’dagi ommabop kanallarda tarqalgan.

To‘qnashuv qanday yuz bergani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q, yong‘inning kelib chiqish sabablari hozircha noma’lum.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar bor-yo‘qligi ma’lum emas.