16-fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Xitoy elchisi Sziyan Yan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomon munosabatlarining dolzarb jihatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli xalqaro konferensiyada Xitoy delegatsiyasining ishtirokiga doir amaliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)