KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxenyanning Kimsusan memorial majmuasiga tashrif buyurdi va otasi Kim Chen Irning xotirasini hurmat bilan esga oldi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lim qildi, deb yozadi “TASS”.
“Kim Chen In Kim Chen Irning jasadi dafn etilgan abadiylik zaliga kirib, uning xotirasini hurmat bilan esga oldi va chuqur ta’zim bajo keltirdi”, — deb ta’kidlaydi agentlik.
Bugun KXDRda Chaqnab turgan yulduz kuni nishonlanmoqda. Mamlakat sobiq yetakchisining tug‘ilgan kuni majoziy tarzda shunday ataladi.
Kim Chen Inga Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Soy Ryon Xe va Markaziy qo‘mitaning xalqaro masalalar bo‘yicha rahbari o‘rinbosari Ri Su Yon hamrohlik qildi.
Izoh (0)