Isroillik olimlar insonning kayfiyati husnixatga qanday ta’sir qilishini va bundan hissiy o‘zgarishlarni aniqlashda foydalanish usulini topdi. BU haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Tadqiqotda 62 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan. Ular uch guruhga ajratilgan. Olimlar guruhlarning har birida aniq bir kayfiyatni shakllantirishga harakat qilgan: ijobiy, salbiy, neytral. Keyin tajribadan o‘tayotganlardan ivrit matninng xatboshisini yozish so‘ralgan, husnixatdagi mayda o‘zgarishlarni kuzatish uchun kompyuterlashtirilgan tizim qo‘llanilgan.

Tadqiqot uchta guruhda turli husnixat borligini ko‘rsatgan. Salbiy kayfiyatdagilar ijobiy yoki neytral kayfiyatdagilarga qaraganda tezroq va harflarni kichikroq enlikda yozgan.

Xulosaga ko‘ra, salbiy kayfiyat miyaga kognitiv yuklamani yuzaga keltiradi va bu husnixatdagi o‘zgarishga olib keladi.