iOS asosidagi qurilmalar egalari Apple smartfonlari ishiga xalaqit beruvchi navbatdagi belgini aniqladi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Aniqlanishicha, iPhone‘’ga telugu tilidagi (Hindiston) జ్ఞా (“belgi”) belgini SMS tarzida jo‘natgan holda uni ishdan chiqarish mumkin. Qurilma xabarga noodatiy tarzda reaksiya bildiradi, xabarni dasturda o‘qib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, qurilmaning barcha asosiy dasturlariga, shu jumladan, messenjerlar va elektron pochtaga kirish qiyinlashadi

Ekspertlarning ta’kidlashicha, telefonni “tuzatishning” yagona yo‘li kimdandir yana bitta xabarni “zararkunanda”siz jo‘natishni so‘rash va keyin xabarlar tarixini o‘chirib tashlash hisoblanadi.

Apple hozircha foydalanuvchilarning shikoyatlariga izoh bermadi. Bu iPhone’ni o‘chirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan birinchi holat emas. Avvalroq qurilmalar egalari bir-biriga veb-manzil yuborgan edi. Bu manzilga kirishga qilingan harakat qurilmani qayta yuklanishga majbur qilgan.