Joriy yilning 11-fevral kuni yashirin maynerdan foydalangan holda uyushtirilgan keng qamrovli xakerlik hujumi o‘z tashkilotchilariga foyda bermadi. Bu haqda Motherboard xabar berdi.

Foto: Motherboard

Xakerlar Coinhive veb-mayneridan foydalangan. Ular Monero’da atigi 24 dollar ishlab olishga muvaffaq bo‘lgan. Coinhive vakilining nashrga ma’lum qilishicha, xizmat xakerlarga bu pullarni to‘lamaydi.

To‘rt mingdan ortiq resurs 11-fevralda uyushtirilgan hujumga uchragan. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Skott Xelme bu hujumni so‘nggi vaqtlardagi eng yirigi deb atagan. Hujum Buyuk Britaniya, AQSh va Kanada saytlariga, xususan hukumat manbalariga uyushtirilgan. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad kriptovalyutani qo‘lga kiritish bo‘lgan.