Yaponiyaning Aspark kompaniyasi tomonidan yaratilgan Owl giperkari dunyodagi seriyali ishlab chiqariladigan eng tezkor avtomobil nomiga da’vogarlik qilmoqda. U Totigi shahridagi sinov poligonida 100 km/soat tezlikka erishish uchun 1,921 soniya sarfladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Foto: “Motor”

Owl ustidagi ishlar 2014-yildan buyon olib borilgan, Avtomobil namunasining ommaviy taqdimoti 2017-yilda Frankfurtda bo‘lib o‘tgan Mashinaning o‘ziga xosligi uning balandligi hisoblanadi — 99 santimetr.

Elektrokarning ko‘rgazma namunasi ikkita elektr motor bilan jihozlangan bo‘lib, ularning quvvati 435 ot kuchiga teng. Avtomobil vazni 850 kilogrammni tashkil qiladi. Motorlarning quvvat manbai sifatida nafaqat akkumulyatorlardan, balki superkondensatorlardan ham foydalaniladi.

Foto: “Motor”

Aspark kompaniyasi Owl giperkarini 50 ta nusxada ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Har bir avtomobilning bahosi 460 million iyenni (qariyb 4,3 million dollar) tashkil qiladi.