Rossiyaning Uzoq Sharq federal universteti olimlari Xitoynng Xarbin muhandislik universitetidagi hamkasblari bilan birga Arktika uchun mo‘ljallangan dunyodagi birinchi muzosti aloqasini sinab ko‘rdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Xalqaro qishki maktab doirasida rossiyalik olimlarning fizik metodlari va xitoylik olimlarning texnologik ishlanmalariga asoslangan yangi texnologiya sinovdan o‘tkazildi. Ta’kidlanishicha, bu Arktikani o‘zlashtirishda beqiyos o‘rin tutishi mumkin.

Rossiyalik olimlar yaratgan pnevmatik gidroakustik ovoz tarqatuvchi suv va muz bo‘ylab ovoz to‘lqinlarini tarqatadi. Xitoylik olimlar muz tebranishlarini yuqori aniqlikda qabul qiluvchi seysmik qurilmani taqdim etgan.

Zamonaviy gidroakustika asosidagi ixtironi Arktikada neft va gaz izlash hamda qazib olishda qo‘llash rejalashtirilmoqda.