Qamchiq dovonida Lacetti avtomobili yonib ketdi. Hodisa videosi Telegram’dagi ommabop kanallarda e’lon qilingan.

Xabar berishlaricha, avtofalokat 15-fevral kuni yuz bergan. Avtomobil nima sababdan yonib ketgani hozircha ma’lum emas.

Tarmoqda tarqalgan videolarda hodisa joyida odamlar ko‘rinmaydi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q.