NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Kaliningrad viloyatida “Iskander” operativ-taktik raketa komplekslarining joylashtirilishiga nisbatan alyans tomonidan javob choralari ko‘rilishi ehtimolini rad etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Rossiya harakatlariga javoban xuddi shunday choralar, ya’ni tankka tank, raketaga raketa yoki samolyotga samolyot chorasini ko‘rmaymiz. Biroq samarali tiyib turish va o‘z-o‘zini mudofaa qilish imkoniyatlariga ega bo‘lish uchun aniq chora ko‘ramiz”, — dedi u.
Kompleksning joylashtirilganligi haqida 5-fevral kuni Litva mudofaa vaziri Raymundas Karoblis ma’lum qildi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov komplekslarning joylashtirilishi tahdid bo‘lmasdan, Rossiya buni o‘z hududida amalga oshirish uchun suveren huquqqa ega ekanligini bildirdi.
Izoh (0)