Yurgen Klopp boshchilik qilayotgan “Liverpul” futbol klubi Chempionlar Ligasining chorak finaliga deyarli chiqib bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Portugaliyada “Portu” mehmoni bo‘lgan “mersisayd” klubi 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Muhammad Saloh va Roberto Firmino bir martadan muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa, Sadio Mane 3 ta gol urishga erishdi. Bungacha Filippe Koutinyo “Barselona”ga o‘tib ketgach, Chempionlar Ligasida “Liverpul”ga oson bo‘lmasligi aytilgandi.

Javob o‘yini 6-mart kuni “Enfild”da bo‘lib o‘tadi. Uning oldidan “Liverpul” masalani deyarli hal qilib ulgurdi. Bir kun avval APLning boshqa bir klubi “Siti” Shveysariyadan 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib, Gvardiolaning aytishi bo‘yicha, chorak final masalasini hal qila olgandi.

Xosep Gvardiola jamoasi Chempionlar Ligasi pley-offida 4 ta gol farqi bilan zafar quchdi

Chempionlar Ligasi

1/8 final

14-fevral, chorshanba

“Portu” — “Liverpul” 0:5

Gollar: Sadio Mane, 25 (0:1). Muhammad Saloh, 29 (0:2). Sadio Mane, 53 (0:3). Roberto Firmino, 70 (0:4). Sadio Mane, 85 (0:5).