Florida shtati Parklend shahrida maktab o‘quvchilariga qarata o‘t ochgan Nikolas Kruz 15-fevral, payshanba kuni sudda javob beradi. Bu haqda advokatlar ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Huquq-tartibot organlari Kruz yashagan uy va boshqa joylarda tintuv o‘tkazayotganligi ma’lum qilindi.
Kruz maktabda o‘t ochgan AR-15 vintovkasini 2017-yilda xarid qilgan.
Kruz foydalangan kompyuter saytlarini o‘rgangan politsiya qurolning turli namunalari aks etgan ko‘plab suratlarni topdi. Politsiya fikricha, suratlar va boshqa materiallardan u zo‘ravonlikka moyil bo‘lganligi haqida xulosa qilish mumkin.
Mahalliy sherifning ma’lum qilishicha, 19 yoshli Kruz avval maktab o‘quvchisi bo‘lgan, biroq intizomiy sabablarga ko‘ra, undan chetlatilgan.
Izoh (0)