Yevropa 2017-yilda real harbiy harajatlar oshishi bo‘yicha yetakchiga aylandi. Bu haqda AQSh strategik tadqiqotlar xalqaro instituti (IISS) London bo‘limi tomonidan tayyorlangan yillik hisobotda ma’lum qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: AFP

“Raqamlar Yevropa 2017-yilda real mudofaa xarajatlarining tezkor o‘sishini ko‘rsatdi. Bu o‘sish AQShning Yevropa yetakchilariga harbiy ehtiyojlarni moliyalashtirishni ko‘paytirishga da’vati bilan bog‘liq. Biroq mazkur ko‘rsatkich Yevropa davlatlarida tahdidlarni baholash o‘zgarganidan ham dalolat berishi mumkin”, — deyiladi hisobotda.

Shu bilan birga, hisobot mualliflari ajratilayotgan mablag‘larning barchasi ham Yevroittifoq qurollik kuchlari tayyorgarligi uchun yo‘naltirilmasligini bildirmoqda.