Suriya temiryo‘llariga jangovar harakatlar oqibatida yetkazilgan zarar 530 milliard lirani (1,03 milliard dollar) tashkil etdi. Latakiya temiryo‘llari direktori Adnan Vitar mamlakatga eng kamida 130—150 ta yangi teplovoz zarur ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Jangovar harakatlar oqibatida yetkazilgan zarar 530 milliard lirani tashkil etdi, hozir atigi to‘rtta teplovoz ishlamoqda”, — dedi u.
Suriya temiryo‘llarining umumiy uzunligi mamlakat hududida jangovar harakatlar boshlangunga qadar 2,75 ming kilometrni tashkil etar edi. Terrorchilar harakatlari oqibatida besh yil avval temiryo‘l infratuzilmasi deyarli to‘liq vayron bo‘ldi.
Izoh (0)