Rossiya TIVdagi manba Suriyada koalitsiya zarbasi oqibatida yuzlab rossiyalik halok bo‘lganligi haqida tarqatilayotgan xabarlar yolg‘on axborot ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Yuzlab, o‘nlab halok bo‘lgan rossiyalik haqida tarqatilayotgan xabarlar — yolg‘on ma’lumot”, — deydi manba.
Avvalroq CNN telekanali Amerika koalitsiyasi kuchlarining Rossiya fuqarolarining qurbon bo‘lishiga olib kelgan aviazarbasi videoyozuvini taqdim etgan edi.
12-fevral kuni Suriyada Rossiya Federatsiyasining besh nafar fuqarosi halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi. OAVlariga ko‘ra, ular rossiyalik harbiy xizmatchilar bo‘lmagan.
Izoh (0)