Ispaniyaning bir qator kompaniyalari vakillaridan iborat bo‘lgan delegatsiya Mustaqil O‘zbekiston asoschisi Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo etish uchun Oqsaroy qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda Islom Karimov Fondining Facebook’dagi sahifasi ma’lum qildi.
Mehmonlar Birinchi Prezidentning haykali poyiga gul qo‘ydi, so‘ngra Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma bilan tanishdi.
Delegatsiya a’zolari Prezident Karimov mamlakat uchun murakkab bo‘lgan davrda tinchlik, barqarorlik va millatlararo totuvlikni saqlab qola olgani, O‘zbekistonning taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor qo‘yganini alohida ta’kidladi.
Tadbirda Prezident Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova, Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi hamda Islom Karimov Fondi vakillari ishtirok etdi.
Izoh (0)