O‘zbekistonlik futbolchi Server Jeparov to‘p suradigan Tehronning “Istiqlol” klubi Chempionlar Ligasini durang bilan boshladi.
Qatarda “Ar-Rayyan” mehmoni bo‘lgan tehronliklar 2:2 hisobiga erishdi. Bellashuvning tom ma’nodagi antiqahramoni Rodrigo Tabata bo‘ldi deyish mumkin. Uchrashuv uning avtogoli, goli va qizil kartochkasi bilan yodda qoldi. Aynan u maydondan chiqib ketganiga 7 daqiqa to‘lishi bilan “Istiqlol” hisobni tenglashtirdi va mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.
Eron klubining yevropalik bosh murabbiyi Shefer Server Jeparovga to‘liq imkoniyat berdi. Avvalroq u kichik jarohatidan forig‘ bo‘lgan Jeparovni fors chempionatidagi so‘nggi o‘yinda maydonga tushirmay, uni Chempionlar Ligasi o‘yiniga saqlab qo‘ygani aytilgandi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Saudiya va Amirlik klublari golsiz durang o‘ynadi.
Izoh (0)