Buxoro viloyatida 2018-yilda muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash uchun viloyat mahalliy budjeti mablag‘i hisobidan 540 million so‘m ajratildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi vakillari ma’lum qildi.
Bu 2017-yilga nisbatan 2,3 barobardan ortiqdir.
Ajratilgan mablag‘ hisobidan pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar, 16 yoshgacha va undan katta yoshdagi nogironlar uchun nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, qo‘ltiqtayoq va hassalar hamda boshqa protez ortopediya mahusulotlari to‘liq yetkazib beriladi.
Izoh (0)