Boliviyada 10-fevral, shanba kuni boshlangan milliy karnaval davomida 40 kishi halok bo‘ldi, yana 124 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Karlos Romero ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“40 kishi halok bo‘ldi. Afsuski, nazoratga qaramasdan, karnaval davomidagi o‘lim holatlari va shikastlanishlar soni katta”, — deydi vazir.
Uning so‘zlariga qaraganda, halok bo‘lganlardan 16 nafari YTH qurboni bo‘lgan, sakkiz nafari Oruro shahrida 10-fevral kuni gaz ballonining portlashi oqibatida halok bo‘lgan.
Jabrlanganlardan 51 nafari aynan gaz balloni bilan bog‘liq hodisa oqibatida jarohatlangan.
Izoh (0)