Turk harbiylari Suriyaning Afrin tumanida operatsiya boshlanganidan beri 1,5 mingga yaqin jangarini yo‘q qildi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Foto: AP

“Afrindagi ‘Zaytun novdasi’ operatsiyasi doirasida 13-fevral kuni kurd tuzilmalari va IShIDga mansub yana 70 nafar terrorchi yo‘q qilindi”, — deyiladi Turkiya bosh shtabi xabarida. 

Rasmiylarga ko‘ra, operatsiya boshlanganidan beri jami 1439 nafar jangari o‘ldirildi. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.