Bugun, 13-fevral kuni Toshkent viloyati Nazarbek shaharchasida Qur’on musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Shu bilan birga Toshkent viloyati bo‘ylab Qur’on musobaqasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan bellashuv tugadi, deb xabar berdi “Muslimaat.uz”.

Foto: “Muslimaat.uz”

Marhamat g‘oliblar bilan tanishing.

18—25 yoshli ayol-qiz ishtirokchilar orasida quyidagilar g‘olib bo‘ldi:

1-o‘rin Azizaxon Mo‘minova.

26—40 yosh:

1-o‘rin Munisxon Faxriddinova.

Tilovat yo‘nalishi bo‘yicha (18—25 yosh):

1-o‘rin Dildora Mullaxonova;

2-o‘rin Ziyoda Ismoilova;

3-o‘rin Fotima Toshtemirova.

26—40 yosh:

1-o‘rin Nasiba Malikova;

2-o‘rin Odinabibi Ochilova;

3-o‘rin Dilobar Badirova.

G‘olibalarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari va diplomlar, shuningdek, boshqa ishtirokchilarga ham shahodatnomalar topshirildi.