“Soyuz 2.1.a” tashuvchi raketasi “Progress MS-08” kosmik kemasi bilan Xalqaro kosmik stansiyaga yuk partiyasini yetkazish uchun 13-fevral, seshanba kuni 11:13 da (Toshkent vaqti bilan 13:13 da) Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Dastlab parvoz 11-fevralga belgilangan edi, biroq u oxirgi daqiqada texnik muammo tufayli kechiktirilgan.
“Progress MS-08” kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga 1 390 kilogramm quruq yuk, 890 kilogramm yoqilg‘i, “Rodnik” tizimi baklarida 420 kilogramm suv, shuningdek, ballonlarda 46 kilogramm siqilgan havo va kislorod yetkazishi kerak. Yuk bo‘linmasida ilmiy qurilma ham bor.
Izoh (0)