Janubiy Koreya rasmiylari Pxyonchxandagi qishki Olimpiadaning ilk kunlarida O‘yinlar ochilishiga yetib kelgan AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi — Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zoligiga nomzod Kim Yo Chen uchrashuvini tashkil etishga urindi. Bu haqda 13-fevral, seshanba kuni Yaponiyaning Asahi gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Biroq har ikkala tomon istamaganligi tufayli ularning suhbati amalga oshmadi.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Pens va Kim Yo Chen bilan alohida muloqoti davomida ulardan uchrashishni shaxsan so‘ragan. Seul rejasiga ko‘ra, ikki Koreya davlati o‘rtasida boshlangan muloqot pirovard natijada AQSh va KXDR o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarga olib kelishi kerak.
Biroq Kim Yo Chen uchrashuvga qiziqish bildirmadi. AQSh vitse-prezidenti ham Pxenyan vakillari bilan aloqaga kirishishni istamasligini tushunish imkonini berdi.
Izoh (0)