Qozog‘iston 2021-yildan boshlab lotin alifosida yozilgan pasport va shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalarni taqdim etishni boshlaydi. Bu haqda Qozog‘iston madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari Yerlan Kojagapanov hukumat majlisida ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

Foto: “Nur.kz”

Yangi hujjatlarga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Tayyorgarlik bosqichida (2018—2020-yillar) normativ-huquqiy bazalar modernizatsiya qilinadi, lotin grafikalar asosida imlo qoidalari ishlab chiqiladi va lotin yozuviga tarjima qilish uchun IT-ilovalar tayyorlanadi.

Ikkinchi bosqich 2021—2023-yillarga to‘g‘ri keladi. “Mazkur davrda lotin alifbosida yozigan pasportlarni, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma va boshqa hujjatlarni taqdim etish rejalashtirilgan. Olimlar va tilshunoslar ishtirokida lotin alifbosiga o‘tish bo‘yicha kurslar va seminarlar tashkil etiladi.

Nihoyat, 2024—2025-yillarda davlat organlari, ta’lim muassasalari va davlat ommaviy axborot vositalarining lotin alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2017-yilning aprelida qozoq alifbosini lotin yozuviga o‘tkazish bo‘yicha buyruq bergandi.