13-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: “Xalq so‘zi”

1. Bojxona qo‘mitasi raisi etib Murodjon Azimov tayinlandi. Qo‘mitaga 2016-yil dekabridan beri rahbarlik qilib kelayotgan Muidjon Tohiriy lavozimidan ozod etilgan.

2. Adliya vazirligi pasport va propiska tizimini yengillashtirish bo‘yicha qarorlar loyihalarini ishlab chiqdi. Jumladan, pasport olish, ta’lim olish, mehnat qilish va boshqa huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bog‘liq cheklovlarni bartaraf qilish rejalashtirilgan.

3. Farg‘onada kaltaklanib, hushsiz holatga keltirilgan tadbirkor yoqib yuborildi. Xabar berishlaricha, voqea 3-fevral kuni yuz bergan.

4. Samarqandda chiroyli avtomobil raqamlarini o‘g‘irlab, evaziga pul talab qilayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi. Oxirgi paytda Samarqandda avtomobil davlat raqamlarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq 30 ta holat kuzatilgan.

5. Davom etayotgan voqealar: Pastdarg‘om tumanida 6 kishining umriga zomin bo‘lgan portlash sabablariga aniqlik kiritildi, Toshkentda esa avtobus tagiga yotib olgan haydovchi jarimaga tortilib, 5 kunga qamaldi.

6. Peskov Putinning shamollab qolganini ma’lum qildi. Ammo, aytishlaricha, u kasal bo‘lsa ham, ishlashda davom etarkan.