Namangan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatining “1050” qisqa raqamiga Namangan shahri, 1-kichik tumanda yashovchi Dilshod Oxunov qo‘ng‘iroq qilib, xonadon eshigi qulflanib, ikki yoshli qizi ichkarida qolib ketganini ma’lum qildi va yordam so‘radi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma axborot-tahlil xizmati xabar berdi. 

Foto: Namangan viloyat FVB

Tashvishli qo‘ng‘iroqdan 7 daqiqa o‘tib boshqarma bo‘yicha mas’ul navbatchi podpolkovnik Ulug‘bek Bobojonov boshchiligida 4 nafar qutqaruvchi aytilgan manzilga yetib bordi.

Voqea joyida chindan ham kalit uy ichida qolib, eshik qulflangani ma’lum bo‘ldi. 

Tezkor harakatlar natijasida xonadon eshigi ochib berildi va Dilafro‘z sog‘-salomat ota-onasiga topshirildi.