Londonning “Chelsi” klubi Premyer-Liga 27-turini yakunlab berdi. O‘z maydonida “Vest Bromvich”ni qabul qilgan “aristokratlar” yirik g‘alabaga erishdi.
Antonio Konte jamoasi kutilmaganda ketma-ket ikki mag‘lubiyat qabul qilib olgandi. Avvaliga “Bornmut” Londondan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan bo‘lsa, keyinroq “Uotford” o‘z maydonida “Chelsi”ni mahf qilgandi — 4:1. Mazkur ikki mag‘lubiyat ta’siridan chiqib ketish “Vest Bromvich”ga qarshi o‘yinda nasib qildi.
Hujumdagi muammolar sabab oldinroqda o‘ynashga majbur bo‘layotgan Eden Azar va nihoyat o‘z pozitsiyaga qaytib, kechagi bellashuvda 2 ta gol urishga erishdi. Mazkur g‘alaba “Chelsi”ni hamshahri “Tottenhem”dan oldinga o‘tkazib qo‘ydi.
Joze Mourinyo jamoasi “Nyukasl”dan mag‘lub bo‘ldi. Endi “Yunayted” va “Liverpul” raqobati yanada jiddiy
Kuchli oltilikning teng yarmi London klublari bo‘lsa-da, ularning hammasi Manchester va Liverpul vakillaridan ortda ekani diqqatga sazovor.Angliya Premyer-Ligasi 27-tur bellashuvi 12-fevral, dushanba
Izoh (0)