Buxoro shahrida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan Akbar Norqulov hamda Qorako‘l tumanida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan Og‘abek Choriyevlar Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi boshqarma matbuot xizmati.

Foto: Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati

Fuqarolar o‘z murojaatlarida Buxoro shahridagi Olimpiya zaxiralari kollejining murabbiylari Sobir hamda G‘olib ismli shaxslar jismoniy tarbiya institutiga o‘zlarining tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, ularning har biridan 4000 AQSh dollaridan jami 8000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilganligini, shu sababli ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Foto: Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tadbirlar davomida 1988-yilda Navoiy viloyati Uchquduq shahrida tug‘ilgan Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida yashovchi Buxoro olimpiya zaxiralari kolleji murabbiysi Sobir Toshev   hamda 1977-yilda tug‘ilgan shu shaharda yashovchi olimpiya zaxiralari kolleji murabbiysi G‘olib Kazakovlar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar O.Choriyev va A.Norqulovlarning har biridan 4000 AQSh dollaridan jami 8000 AQSh dollarini olayotgan vaqtlarida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.