O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Tohiriy o‘rniga general-mayor Murodjon Azimov tayinlandi. Murodjon Azimov ushbu lavozimga tayinlangani qo‘mita saytida ko‘rsatib o‘tilgan.

Foto: Bosh prokuratura

Bungacha Murodjon Azimov O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U bu lavozimga 2016-yil iyulida tayinlangandi.

Muidjon Tohiriy Bojxona qo‘mitasiga 2016-yil dekabridan beri raislik qilib kelayotgandi. Bojxona qo‘mitasi rahbari etib tayinlanguncha Muidjon Tohiriy Prezident xavfsizlik xizmatiga boshchilik qilgan.