Qo‘shma Shtatlar federal kompyuter tizimlari himoyasini kuchaytirishga 1 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratadi. Bu haqda AQSh ichki xavfsizlik vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.

Foto: Global Look Press

 

“Yaqinda yuz bergan hodisalarni inobatga olib, kiberxavfsizlik ustuvor milliy yo‘nalishlardan biriga aylandi. Hujjatda federal tarmoqlarni himoya qilish va elektron tizimlardagi nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tashabbuslarga 1 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlik Tramp ma’muriyati taqdim etgan federal byudjet loyihasiga shu tariqa izoh berdi.