Yangi flagmanning taqdim etilishiga juda kam vaqt qoldi — taqdimot 26-fevral kuni Barselonada MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Smartfon haqida allaqachon hamma narsa ma’lum, endi aksessuarlar haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.Ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Galaxy S9 va S9+ turli formatdagi g‘iloflarning katta tanloviga ega bo‘ladi. Alkantara, yupqa silikondan ishlangan, shaffof qopqoqli va hatto Amerika harbiy standarti bo‘yicha himoyalangan g‘iloflar bo‘ladi.

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Galaxy S9 va S9+ tashqi tomondan o‘tgan yilgi Samsung flagmanlaridan deyarli farq qilmaydi. Dizayn o‘zgarishlari barmoq izi skaneri joylashuviga dahl qiladi.