Parhez saqlashga qat’iy qaror qildingizmi? Ruxsat berilgan oziq-ovqatlar ro‘yxatini tuzib chiqdingizmi? Ortiqcha vazn bilan kurashga tayyormisiz?

Foto: Shutterstock

Quyida keltirilgan bir necha oddiy maslahatlar sizga havasni keltiradigan narsalardan o‘zingizni tiyishga va oldingizga qo‘ygan maqsadingizga erishishga yordam beradi.

Boshlanishi uchun

  • Kalendarda “yangi hayot”ning boshlanish kunini belgilab qo‘ying.
  • Yaqinlaringizdan qo‘llab-quvvatlash haqidagi va’dasini olib qo‘ying.
  • Oldingizga erishish unchalik qiyin bo‘lmagan kunlik va haftalik maqsadlar qo‘ying.
  • Jismoniy faollik rejasini tuzing. Oz-ozdan boshlang, keyin asta-sekinlik bilan yuklamalarni oshirib boring. Qisqa bo‘lsa ham, jadal sur’atli mashqlar uzoq davom etadigan charchatuvchi mashqlardan ko‘ra samaraliroq ekanligini hisobga oling.
  • Ovqatlanishdan oldin taomni mobil telefon yordamida rasmga tushiring, bu sizga ishtahangizni nazorat qilishga yordam beradi.

Yeb bo‘ldingizmi? Ishlab bering!

“Qabul qilingan” kaloriyani sarf qilish uchun talab qilinadigan vaqt va kuchni hisobga olishni boshlashingiz bilan bug‘da pishirilgan baliq, sabzavotlar va boshqa “zerikarli”, lekin foydali bo‘lgan taomlar sizga qovurilgan kartoshka va muzqaymoqdan ham mazaliroq bo‘lib tuyula boshlaydi.

O‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qo‘liga taomning yonidan olingan kaloriyani sarf qilish uchun zarur bo‘ladigan yugurish yoki tez yurish daqiqalari soni ko‘rsatilgan taomnoma topshirilgan odamlar odatdagidan ko‘ra ancha kamroq yegan. Xayolingizga noz-ne’matlar haqidagi fikrlar kelishi bilan oqibatlarini yo‘qotish uchun qancha kuch sarf qilishga to‘g‘ri kelishini ko‘z oldingizga keltiring!

Haddan tashqari berilib ketmang!

Bu mavzuga boshingiz bilan sho‘ng‘ib ketmang: hayotda parhez muammolari va ozishdan ham boshqa qiziqroq narsalar bor!

Manba: “Zdorovie.com”