Xitoy harbiylari 2500 yil oldin sarkarda Sun Szi yaratgan strategiyani o‘rganmoqda. Uning asosida “jangda qatnashmay turib urushda g‘alaba qozonish” prinsipi yotadi, deb yozadi National Interest nashri.

Foto: AP Photo

Hisobot mualliflarining fikricha, AQSh bilan to‘qnashuv yuzaga kelgan taqdirda Xitoy yuzma-yuz kurashdan voz kechib, mamlakat quruqlikda, dengizda va havoda o‘zining yuqori texnologik qurolidan foydalana olmasligiga erishadi.

Xitoylik harbiylar asosiy urg‘uni Amerikadagi ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari va buyruq yetkazish vositalarini ishdan chiqarishga qaratadi. Buning natijasida armiya, aviatsiya va flot harakatlari o‘zaro muvofiqlashtirilmaydi va muvaffaqiyatga olib kelmaydi.

Axborot ta’siridan tashqari, Xitoy armiyasi o‘z miqdori tufayli dushmanni shunchaki jang maydonidan siqib chiqarishi mumkin bo‘ladi.