O‘lik dengiz hududida 6 500 ga yaqin gigant karst voronka yuzaga keldi. Ular uylarni yutib yuborib, yo‘llarni vayron etmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
O‘lik dengiz qurib bormoqda va har yili bir metrdan ortiqroq masofaga chekinmoqda. Suv chekingandan so‘ng tuz cho‘kmalari qoladi. Ular qurib, yer cho‘kadi va ulkan voronkalarni hosil qiladi. Ulardan eng yiriklari diametri 40—50 metrga yetadi.
Isroillik mutaxassis Eli Raz karst voronkalarini 17 yildan beri o‘rganib keladi. U O‘lik dengiz ekologik inqiroziga odamlar e’tiborini qaratish va bunga javob topish kerak deb hisoblaydi.
Izoh (0)