Rossiyaning Moskva viloyatida An-148 samolyoti halokatga uchragan yerdan ikki tananing qoldiqlari topildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ikki tananing qoldiqlari topildi”, — ma’lum qildi favqulodda xizmatlar vakili.
Eslatib o‘tamiz, “Saratov avialiniyalari” kompaniyasining Moskvadan Orskka yo‘l olgan An-148 yo‘lovchi samolyoti poytaxt viloyatida halokatga uchradi. Havo kemasi bortida 71 kishi — 65 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Izoh (0)