Moskva yaqinida qulagan An-148 ning barcha yo‘lovchilari halok bo‘ldi. Bu haqda, favqulodda xizmatlarga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP

Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, “Saratov avialiniyalari” kompaniyasining Moskvadan Orskka yo‘l olgan An-148 yo‘lovchi samolyoti poytaxt viloyatida halokatga uchradi. Havo kemasi bortida 71 kishi — 65 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.