Germaniyaning Mercedes-Benz avtokonserni ijtimoiy tarmoqdagi noto‘g‘ri reklama uchun xitoyliklardan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Mojaro Mercedes reklamachilari Instagram’ga oq avtomobil suratini “Vaziyatga turli nuqtai nazardan qarang va siz yanada ko‘ngli ochiq insonga aylanasiz” so‘zlari bilan joylashtirgandan so‘ng boshlandi. Bu so‘zlarning muallifi sifatida Dalay-lama ko‘rsatilgan.
Keyingi bir necha soat ichida tarmoqning xitoylik foydalanuvchilari reklamada Tibet yetakchisining so‘zlari keltirilganligi uchun minglab darg‘azab izohlar qoldirdi.
Shundan so‘ng bahsli yozuv o‘chirilgan, shuningdek, Twitter’ning xitoycha muqobili — Weibo’da uzr so‘ralgan.
Izoh (0)