Andijonlik erkak avtomobil raqamlari narxlarining viloyat rekordini yangiladi. Bu haqda “Repost.uz” xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

O‘tgan yil sentabrida ishga tushirilgan chiroyli avtomobil raqamlarini sotish auksionida o‘rnatilgan rekord yangilanishi hali qiyin bo‘lsa ham, viloyat miqyosida yangi rekord o‘rnatildi, deyiladi xabarnomada.

Andijon viloyatida auksion ishga tushirilganidan buyon jismoniy shaxslar umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mdan oshadigan yuzdan ortiq raqam sotib oldi. Eng qimmat raqam “A 001 AA” bo‘ldi — u 83 million so‘mga sotildi.

Undan keyingi o‘rinlarni “007 AAA” va “777 BAA” raqamlari egalladi.